O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Jamiyat

image

Kecha, 12 oktyabr kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining kun tartibi va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan. Shuningdek, Tariq Ahmad so‘nggi yillarda sezilarli darajada faollashgan ikki tomonlama muloqotning rivojlanayotganini yuqori baholagan. Xususan, yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar soni ortib borayotgani, yaqin siyosiy va parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar chuqurlashib borayotgani qayd etilgan. 

TIV rahbari o‘rinbosari Buyuk Britaniyadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Said Rustamovga ikki davlat va xalqlar o‘rtasidagi ochiq, konstruktiv va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan samarali va ijodiy hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Said Rustamov 2019 yilning oktyabr oyida Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga kirishgan edi. Bungacha u Isroildagi elchixonani boshqargan, TIVning qator boshqarmalariga rahbarlik qilgan. Shuningdek, AQSHdagi elchi o‘rinbosari, vazir yordamchisi vazifalarida ham ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Said Rustamov Tariq Ahmad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing