O‘zbek talabalarining ommaviy qaytarilishiga rasmiy Nur-Sulton bayonot berdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonlik talabalarning mamlakatdan ommaviy qaytishlari holatiga izoh berdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston yozmoqda.

Tashqi ishlar vazirligida qayd etilishicha, Qozog‘iston TIV O‘zbekiston tomonidan rasmiy murojaat olgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha o‘zbek talabalarini vatanga qaytishga chaqirgani aytilgan.

"O‘zbek talabalariga yo‘llangan chorlov qo‘shni respublikada ta’lim tizimining isloh qilinishi bilan bog‘liq. Hozirda O‘zbekistonda chet elda, asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda tahsil olayotgan barcha talabalar, ular o‘z o‘qishlarini vatanda, ota-onasining yonida davom ettira olishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda", deydi Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston oliygohlarida ayni vaqtda vatandoshlar uchun kvotalar va grantlar soni ko‘paytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi fevral oyining boshida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari hech qanday imtihonlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Ilgarilari o‘zbek talabalarida bunday imkoniyat bo‘lmagan. Ko‘ngilli ravishda o‘qishni ko‘chirish qarori, talabalar ota-onalari tomonidan o‘z farzandlariga moddiy yordam yuborishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar tufayli qabul qilingan. Bundan tashqari, talabalarning ota-onalari qo‘shni mamlakatlardagi oliy dargohlardagi ta’lim sifatidan ham norozi bo‘lganlar.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

679

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing