“Samarasiz” hokimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi
Olam
−
04 dekabr 2019
118002020 yildan boshlab Ukraina Hukumati hokimlarning ish faoliyatini ma’lum ko‘rsatkichlar bilan (KPI) baholaydi.
"Bu tizim kim natija uchun ishlayotganini va kim ishini sabotaj qilayotganini ko‘rsatadi. Talabga javob bermaydigan ko‘zbo‘yamachilar lavozimidan bo‘shatiladi", deydi Bosh vazir Aleksey Goncharuk.
Unga ko‘ra, amaldorlarning samaradorligini baholash uchun Hukumat yangi KPI tizimini ishlab chiqqan.
Hukumat yangi metodi mintaqaning rivojlanishidagi muammoli vaziyatlarni va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashda, shuningdek, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga yordam beradi deb umid qilmoqda. Baholash ochiq ma’lumotlar va davlat statistikasiga asoslanadi.
Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada "prokuror" so‘zi so‘nggi yillarda deyarli “odob”ga aylanganligini va bajarayotgan ishlari qonun ustuvorligi bilan aloqador bo‘lmayotganini aytgan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, ukrainaliklar prokurorlarni "qimmatbaho mashinalar, villalar, yaxtalar va zargarlik buyumlari” bilan bir qatorda xayollariga keltiradigan bo‘lib qolishgan.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi