Koronavirusga qarshi kurash uchun yangi tuzilma tashkil qilinyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar bilan birga yaxlit tizimni tashkil qiladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi tatbiq etiladi;

Vazirlar Mahkamasi sanitariya-epidemiologiya xizmatining jozibadorligini oshirish va tizimga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2020 yil 1 dekabrga qadar pandemiyadan keyingi davrda ham tibbiyot va Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangilangan tizimini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4695-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xodimlariga qo‘llaniladi.

Yuqoridagi qarorga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi  va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlarining:

•    lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshiriladi;

•    mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyenti 5 foizga oshirgan holda qo‘llanadi.

Mazkur moddiy rag‘batlantirish choralari 2020 yilning 16 martidan boshlab, respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari rasman to‘xtatiladigan oy yakuniga qadar amal qiladi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan 6 foiz miqdorida kunlik qo‘shimcha to‘lov, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa ustamalarni olish huquqi saqlanib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing