Ozarbayjondan ommaviy qabr topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston bosqinidan ozod qilingan Ozarbayjon hududlarida yana bir ommaviy qabr topildi. Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, qabr respublikaning Ag‘dam rayonidagi ishg‘oldan ozod qilingan Sarijali qishlog‘i hududidan topilgan. 

Voqea joyiga politsiya, prokuratura va xavfsizlik xizmati yetib kelgan. 

Taxminlarga ko‘ra, qoldiqlar 1992 yilda o‘ldirilgan va dafn etilgan odamlarga tegishli. 

Joriy yilning 23-26 fevral kunlari Ozarbayjonning bosib olingan Xo‘javand rayoni Edilli qishlog‘i hududidan 7 nafar, 14-30 sentyabr kunlari esa yana 18 kishining jasadi topilib, dafn etilgan joydan olib chiqildi. Kerakli ekspertiza tayinlandi, suyak qoldiqlaridan namunalar sud-molekulyar-genetik o‘rganish uchun manzilga jo‘natildi. 


Maqola muallifi

Teglar

ommaviy qabr

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing