Ozarbayjondagi maktablarda ommaviy tekshiruv boshlandi

Olam

image

Ozarbayjonning bir necha hududlaridagi maktablarda yuqori sinf o‘quvchilarini ommaviy tekshirish boshlandi. Bu haqda “Minval Politika” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tekshiruvlar asosan Absheron tumani, Sumgait shahri va unga yaqin hududlardagi umumta’lim muassasalarini qamrab olgan. Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektorlar dars vaqtida sinf xonalarga kirib, o‘quvchilarni tekshiradi. Taqiqlangan buyum topilsa, o‘quvchilar alohida suhbat uchun olib chiqiladi. Har bir aniqlangan holat haqida darhol maktab rahbariyati va ota-onalarga xabar beriladi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari maktablarda o‘quvchilarning sumkalarini va yonlaridagi shaxsiy buyumlarni ko‘zdan kechirmoqda. Tekshiruv asosan taqiqlangan buyumlar – tig‘li va kesuvchi asboblar, tamaki mahsulotlari hamda boshqa xavfli vositalarga qaratilgan.

So‘nggi kunlarda o‘qituvchilar ota-onalarga bolalarini maktabga yuborishdan oldin ularning sumkalarini ko‘zdan kechirishni tavsiya qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, bu choralar oxirgi paytlarda maktablarda yuz berayotgan hodisalarning ko‘paygani bilan bog‘liq.

Xususan, joriy yilning 6 fevral kuni Baku shahrida 10-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli ov quroli bilan 1997 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi Shahlo Komilovani otib, yaralagan. Keyinchalik o‘smir qo‘lga olingan. Uzoq muddatli davolanishdan so‘ng sog‘aygan Komilova o‘quvchini kechirgan. Ekspertiza natijasida o‘smirda ruhiy og‘ishlar borligi aniqlangan. 
 
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Ozarbayjonning Baku shahridagi 286-sonli o‘rta maktabda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshi tomonidan yoqib yuborilgani haqida ham xabar berilgandi. Shifoxonada unga bosh, yuz, bo‘yin, ko‘krakning old va yon qismlari hamda qo‘llarda II–III darajali termik kuyish tashxisi qo‘yilgan. Hozirda bemor jonlantirish bo‘limida davolanmoqda va ahvoli og‘ir deb baholangan.

Shuningdek, Agstafa tumanidagi maktabda 9-sinf o‘quvchisi o‘zaro janjal paytida 8-sinf o‘quvchisini pichoqlab, yaralagan. Shifoxonada unga chap songa o‘tkir tig‘li buyum bilan yetkazilgan jarohat tashxisi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Ozarbayjon ommaviy tekshiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing