9-sinf o‘quvchisi 8-sinf o‘quvchisini pichoqlab qo‘ydi

Olam

image

Joriy yilning 21 aprel kuni Ozarbayjonning Agstafa tumanidagi maktabda 9-sinf o‘quvchisi o‘zaro janjal paytida 8-sinf o‘quvchisini pichoqlab, yaraladi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.  

Qayd etililishicha, jarohat olgan 14 yoshli o‘smir tuman shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Shifoxonaning ma’lum qilishicha, bemorga chap songa o‘tkir tig‘li buyum bilan yetkazilgan jarohat tashxisi qo‘yilgan.

“Unga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bemorning holati qoniqarli deb baholangani sababli, uyiga javob berildi”, deyiladi xabarda.

Ushbu hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov olib borilmoqda. Maktab ma’muriyati holat yuzasidan bayonot bergan.

“Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga javob berildi. Maktab ma’muriyati uning sog‘lig‘i holatini nazorat qilmoqda. O‘quvchilar voyaga yetmagani va tergov davom etayotganini inobatga olib, jamoatchilikdan ushbu mavzuga ehtiyotkorlik bilan yondashishni va faqat rasmiy manbalarga tayanishi so‘raladi”, deyiladi bayonotda.

Hozirda politsiya tomonidan gumonlanuvchini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonning Baku shahridagi 286-sonli o‘rta maktabda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshi tomonidan yoqib yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab janjal Ozarbayjon pichoqladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing