Ozarbayjonda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Jamiyat

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahridan Baku shahriga borgan 1974 yil 20 fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Bahodir Mahamadaminovich Muratov 19 may kuni vafot etgan.

Mahalliy hukumat organlari tomonidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, o‘lim o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida sodir bo‘lgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Bahodir Muratovning qaridoshlarini quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raydi: +99899-860-89-98 (Toshkent shahri), +99450-298-33-11, +99412-497-25-52 (Baku shahri, O‘zbekiston Elchixonasi).


Maqola muallifi

Teglar

Baku

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing