Biz Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilikni katta tashvish bilan kuzatib boryapmiz – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
16:59 575 2 daqiqa
Bugun, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Baku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etdi va Osiyoda yaxlit ishonch infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
Bugungi kunda dunyo chuqur geosiyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda. Bu vaziyat yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilishni talab etadi;
Har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilishi zarur;
“Biz Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilik va G‘azodagi gumanitar vaziyatni katta tashvish bilan kuzatib boryapmiz. Ushbu mintaqada tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdorimiz”;
OHICHKning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish, o‘zaro uyg‘un va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan harakatlar, majburiyatlarni bajarish asosidagi munosabatlarning barqaror tizimini yaratish bo‘lishi kerak;
Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash taklif etilgan;
Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusi ilgari surilgan;
Iqlim barqarorligi sohasida sheriklik qilish bo‘yicha tashabbus taklif qilingan. Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, “yashil” energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi;
O‘zbekiston Kengashning Inson mezoni bo‘yicha koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda va kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyor;
O‘zbekiston OHICHKning tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash va uning nizomini takomillashtirish borasidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ilgari surilayotgan tashabbuslar o‘zining amaliy ijrosini topishi muhim.
Live
Barchasi