Ozarbayjonda karantin yana bir oyga uzaytirildi

Jamiyat

image

Ozarbayjon rasmiylari mamlakatdagi maxsus karantin rejimini 30 sentyabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda Respublika Hukumati huzuridagi tezkor shtab ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS

“Odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini samarali himoya qilish uchun, shuningdek, dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat hali ham qoniqarsiz ekanligini hisobga olib, Ozarbayjon Respublikasi hududida maxsus karantin rejimini 30 sentyabr soat 00:00 gacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda. 

Ilgari maxsus karantin rejimi 31 avgustgacha o‘rnatilgandi.

Shuningdek, Hukumat qarori bilan mamlakatning 13 ta shahar va tumanidan 10 tasida epidemik vaziyat yaxshilanishi munosabati bilan 31 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini yumshatishga qaror qildi. 

“Baku, Sumgait shaharlarida va Absheron tumanida hali ham ba’zi qo‘shimcha cheklovlar amal qiladi”, deyiladi xabarda. Xususan, ushbu aholi punktlarida, shu jumladan poytaxtda barcha turdagi jamoat transportlari dam olish kunlari ishlamaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon Ozarbayjonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 35 986 ta holat aniqlandi, 33 461 kishi sog‘ayib ketdi, 527 bemor vafot yetdi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon karantin

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing