Ozarbayjonda karantin kuzgacha uzaytirildi

Olam

image

Ozarbayjonda koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin rejimi 31 avgustgacha uzaytirildi. Bu haqda respublika hukumati huzuridagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab saytida xabar berildi.

Baku shahri va Jalilobod, Ganja, Masallin, Mingechevir, Sumgati, Yevlax, Apsheron, Bardin, Geranboy, Goygol, Xachmaz, Siyazan, Shekin tumanlaridagi qat’iy karantin esa 5 avgustgacha davom etadi.

Bugun, 20 iyuldan boshlab Lenkoran shahri va Samux tumanida koronavirus tarqalish tezligi inobatga olinib, karantin rejimi qo‘llanmaydi. 

20 iyuldan karantin rejimi kuchayirilgan shahar va tumanlarda sartaroshxona, go‘zallik salonlari ishga tushadi.

Ozarbayjon tezkor shtabi ma’lumotiga ko‘ra, 20 iyul holatiga 27 521 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 354 nafari vafot etgan va 18 967 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ozarbayjonda

Baholaganlar

152

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing