Ozarbayjonda karantin qoidalari qayta joriy qilindi

Olam

image

Kasallikka chalinganlar soni keskin ko‘paygani sababli, Ozarbayjon hukumati yana bir qancha shahar va viloyatlarda karantin e’lon qildi. Bu safar cheklov choralari kuchaytirildi.

Xabar qilinishicha, barcha dam olish kunlari poytaxt va to‘rtta tumanda qat’iy karantin amal qiladi - 6 iyun yarim kechasidan 8 iyun tonggi soat 6 gacha.

Hukumatning ogohlantirishicha, agar boshqa mintaqalarda yuqtirganlar soni ko‘payib ketsa, u yerda qattiq cheklov choralari kiritiladi. Ichki ishlar organlariga joriy etilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish topshirildi.

Dam olish kunlari yuqorida sanab o‘tilgan barcha tumanlar va poytaxtda deyarli barcha tashkilotlar, shu jumladan, do‘konlar o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Tibbiy muassasalar, shahar hayotini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va ijtimoiy xizmatlar korxonalari bundan mustasno.

Boshqa sohalarda ishlaydigan fuqarolarga uydan chiqish taqiqlanadi.

Ta’kidlanishicha, alohida holatlarda uyni tark etish mumkin, ammo buning uchun maxsus raqamga qo‘ng‘iroq qilish va ichki ishlar vazirligining ruxsatini olish kerak bo‘ladi.

Shahar atrofida faqat tez yordam mashinalari, maxsus jihozlar va ishlashga ruxsat berilgan tuzilmalarning rasmiy transport vositalari bilan sayohat qilish mumkin bo‘ldi.

Juma kuni ish kuni tushdan keyin 2 soatga qisqartiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ozarbayjonda

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing