Ozarbayjonning yirik shaharlariga qat’iy karantin qaytdi

Olam

image

Ozarbayjon hukumati mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli maxsus karantin rejimi 1 avgustgacha uzaytirdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi vakili Leyla Abdullayeva ma’lum qildi.

Shu bilan birga Baku, Ganja, Sumqayit, Lenkoran, Yevlax, Masalli, Jalilobod kabi yirik shaharlar va Apsheron tumanida 21 iyun soat 00:00 dan 5 iyul soat 6:00 gacha kuchaytirilgan karantin rejimi joriy qilindi.

“14 kunlik muddatda ushbu shaharlar aholisi uyidan faqatgina SMS-ruxsatnoma va maxsus ruxsatnoma bilan chiqishi mumkin”, degan Abdullayeva.

14 kunlik kuchaytirilgan karantin vaqtida yuqorida nomi keltirilgan shaharlarda moll va savdo markazlari ishlamaydi, umumiy ovqatlanish joylari esa yetkazib berish bilangina shug‘ullanishi mumkin. Muzey, ko‘zallik saloni, sartaroshxonalar faoliyati ham to‘xtatiladi.

Bu muddatda faqatgina metro cheklovlarsiz ishlaydi, park va bulvarlar ochiq bo‘ladi. Abdullayeva 65 yoshdan kattalarga uydan chiqmaslik tavsiya qilinishini ta’kidladi.

Ozarbayjonda mamlakatga kirish-chiqish ham 1 avgustgacha cheklandi. Bu muddat 1 iyul kuni tugashi kerak edi. Ammo xorijdagi ozarbayjonliklarni qaytarish ishlari davom ettiriladi.

Ozayrbayjonda so‘nggi uch haftada koronavirusga chalinganlar sonining ortishi kuzatilyapti. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar 11 329 nafarga yetgan. Ularning 6 192 nafari sog‘aygan va 139 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ozarbayjonda

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing