Ozarbayjonda harbiy qismda portlash yuz berdi

Olam

image

Kecha, 6 iyul kuni Ozarbayjonda harbiy qismlardan birida portlash yuz berdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, baxtsiz hodisa yuz bergan. “Harbiy xizmatchi tank snaryadini qo‘lidan tushirib yuborgan va natijada portlash sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Portlash oqibatida ikki kishi: gizir Amiddin Agalarov va kichik serjant Samir Salohov halok bo‘lgan. Yana bir gizir Nurlan Mamedov og‘ir jarohat olgan.

Portlash bo‘yicha tergov ishlari boshlangan. Harbiy prokuratura jinoyat ishi ochgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qismda ham kuchli ortlash yuz bergandi. Portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon portlash

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing