Ozarbayjon Yevropa Ittifoqiga kirmoqchi emas – Aliyev 

Olam

image

Ozarbayjon Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga harakat qilmoqchi emas. Bu haqda mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 6 dekabr kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan “Qorabog‘: 30 yildan keyin vatanga qaytish. Yutuqlar va qiyinchiliklar” mavzusidagi xalqaro forumda so‘z ochdi.

"Ozarbayjon tashqi siyosati konsepsiyasida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish maqsadi yo‘q. Bu pragmatik yondashuv, chunki u yerda bizni hech qachon qabul qilishmaydi va [buning] sabablari aniq", degan Aliyev.

Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, Baku Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun harakat qilishdan ma’no ko‘rmaydi. 

"Biz virtual dunyoda emas, real hayotda yashayapmiz. Ya’ni Ozarbayjon Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmasa, nega biz bu eshikni taqillatib, uy egalarini bezovta qilishimiz kerak? Biz hamkorlik va aloqalarni o‘rnatish yo‘llarini topdik", deb tushuntiradi Prezident.

Ma’lumot uchun, “Qorabog‘: 30 yildan keyin vatanga qaytish. Yutuqlar va qiyinchiliklar” forumi Ozarbayjon Diplomatik Akademiyasi bilan Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Tadbirda 30 davlatdan 60 nafar xorijiy ekspert ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing