Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi
Olam
−
30 avgust 2024 4803 1 daqiqa
Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuv hujjati imzolandi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi hamda Davlat chegarasini delimitatsiya qilish va chegara xavfsizligi masalalari komissiyasining 8-yig‘ilishi bayonnomasiga muvofiq, mamlakatlar o‘rtasida 2024 yil 19 aprelda imzolangan “Birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi” kelishuv qoidalari bo‘yicha ishlar yakunlangan.
Nashrga ko‘ra, bugun, 30 avgust kuni tegishli ravishda komissiyalarning “Birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi” nizomi imzolandi. Hozirgi vaqtda Ozarbayjon va Armaniston ichki davlat tartib-qoidalarini amalga oshirishga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutgan edi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral