Ozarbayjon va Armaniston chegarasida butun frontda vaziyat keskinlashgan

Jamiyat

image

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida butun fron chizig‘i bo‘ylab (Qorabog‘) vaziyat keskinlashdi va arman harbiylari og‘ir jarohatlandi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"Ozarbayjon va Armaniston harbiylari jang olib borayotgan front chizig‘ida vaziyat keskin. Dushmanlar o‘qotar qurollardan foydalanib, frontning turli nuqtalarida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzyapti. Bizning bo‘linmalar dushmanning frontdagi faolligini yo‘q qilyapti. Preventiv choralar natijasida Armaniston armiyasining ikki harbiy xizmatchisi og‘ir jarohatlandi”, degan vazirlik matbuot kotibi Vagif Dargyahli RIA Novostiga.

Ma’lumot uchun, ikki davlat chegarasidagi vaziyat 12 iyul kuni keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Hozirgacha rasmiy Baku 12 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 jarohatlangan askar haqida ma’lumot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

575

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing