Ozarbayjon va Armaniston bir-birini aybladi

Olam

image

O‘tgan dam olish kunlari Ozarbayjon va Armaniston vakillari bir-birlarini chegarada o‘qqa tutishda aybladi, Yerevan arman harbiylarining o‘lganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ozarbayjon qurolli kuchlari 27 va 28-iyul kunlari Armaniston davlat chegarasining shimoliy-sharqiy qismida snayperlar ishtirokida provokatsion harakatlarni amalga oshirdi. 

Natijada armanistonlik askar Arman Bulgadaryan halok bo‘ldi, yana ikki askar yaralandi, deydi Armaniston tashqi ishlar vaziri Anna Nagdalyan.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar 1988 yil fevralda, Tog‘li Qorabog‘ Muxtor viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqib ketishini e’lon qilgan paytdan boshlangan Qorabog‘dagi mojaro tufayli keskinlashadi. 1991 yil sentyabr oyida avtonomiya markazida Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tashkil etilishi e’lon qilindi. 

Ozarbayjon rasmiylari keyingi harbiy mojaro paytida Tog‘li Qorabog ustidan nazoratni yo‘qotdi. 1992 yildan beri mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha YeXHTning Minsk guruhi doirasida muzokaralar olib borilmoqda. Ozarbayjon o‘zining hududiy yaxlitligini ta’minlashda turibdi. Armaniston esa tan olinmagan respublikaning manfaatlarini himoya qiladi. Chunki Tog‘li Qorabog‘ aholisining katta qismini etnik armanlar tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing