Ozarbayjon rossiyaliklarning mamlakatda bo‘lish qoidalarini o‘zgartirmoqchi

Olam

image

Ozarbayjon hukumati yaqin orada Rossiya fuqarolari uchun mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini o‘zgartiradi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Tashqi siyosat masalalarida bo‘lgani kabi Ozarbayjon tomoni vaqtinchalik qolish va migratsiya masalalarida ham tenglik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qiladi. Shu munosabat bilan yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Ozarbayjon Respublikasida vaqtinchalik qolish muddatlariga oid qoidalarga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili bir necha kun oldin bayonot berib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab, Rossiya hududida xorijiy fuqarolarning vaqtinchalik qolish muddati bir kalendar yil davomida atigi 90 kunni tashkil etishini ma’lum qilgan. U shuningdek, xorijiy fuqarolar Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi kerakligini ta’kidlagan. Amaldagi qoidalarga muvofiq, bu muddat 180 kun ichida 90 kunni va bir yilda 180 kunni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 dekabr kuni Baku-Grozniy yo‘nalishida uchayotgan Ozarbayjon samolyoti Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida qulagan edi. Oqibatda laynerning 38 yo‘lovchisi halok bo‘lgan, 29 kishi omon qolgan. Samolyot halokatiga sabab bo‘lgan taxminlardan biri sifatida Rossiya havo xujumidan mudofaa tizimlarining ushbu laynerga shikast yetkazishi ko‘rilmoqda. Buning ortidan ozarbayjonlik deputat Rossiyadan uzr so‘rashni talab qildi, biroq Kreml bu talabga izoh berishdan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing