Ozarbayjon Rossiya bilan chegarasini yopadi
Olam
−
18 dekabr 2020
12390Rossiya va Ozarbayjonning quruqlikdagi chegarasi 2021 yilning mart oyigacha yopiladi. Bu haqda Moskvadagi Ozarbayjon elchixonasi ma’lum qilgan.
Chegara Ozarbayjonda koronavirus bilan bog‘li vaziyat keskinlashgani sababli yopiladi.
Diplomatik korpus fuqarolarini chegaradan o‘tish uchun Dog‘iston Respublikasiga bormaslikka chaqirgan.
Mamlakatda qattiq karantin cheklovlari o‘rnatiladi – ko‘chaga maxsus ruxsatsiz chiqish, dam olish kunlari jamoat transportida harakatlanish taqiqlanadi. Baku va boshqa yirik shaharlar kirish va chiqish uchun yopiladi.
Ma’lumot uchun, Ozarbayjonda 191 460 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 62 308 nafari sog‘aygan va 2088 nafari vafot etgan.