Ozarbayjon Qorabog‘ aholisiga 5 mln dollar ajratdi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroning avj olganidan keyin zarar ko‘rgan tinch aholiga tovon puli to‘lash uchun 9 million manat(5,3 million dollar atrofida) mablag‘ ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 17 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mablag‘lar o‘qqa tutilgan shaharlar va viloyat markazlari ijroiya hokimiyatlari o‘rtasida taqsimlanadi, shu jumladan Ganja shahri hokimiyatiga 2,92 million manat (1,7 million dollardan ortiq), Terter hokimiyatiga 2,3 million manat (1,35 million dollar) va 1,85 million manat (1 million dollardan ortiq) Mingachevir hokimiyatiga ajratiladi. Bundan tashqari, turli miqdordagi mablag‘lar respublikaning Ag‘dam, Og‘jabedi, Bardi, Beylagan, Jebroil, Naftalan, Fizuli va Goranboy viloyatlari ma’muriyatlariga yuboriladi. Bu yerda ham tinch aholiga turli xil ko‘rinishda zarar yetkazilgan. Aholi mol-mulkining buzilishi va yo‘qolishi uchun tovon puli har bir tumandagi ishchi guruhlar tomonidan tuzilgan ro‘yxat asosida, 10 kun ichida to‘lanadi.

Joriy yilning 14 dekabrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham tinch aholiga tovon puli to‘lashni buyurdi. Aliyevning buyrug‘iga binoan, vayron qilish yoki turar-joy binolariga jiddiy zarar yetkazish oqibatida mol-mulkini yo‘qotgan oilalarga 6000 manat (3500 AQSH dollaridan ortiq)dan to‘lanadi. Shaxsiy buyumlarning yo‘qolish yoki buzilish holatlari uchun har bir oila a’zosiga 1500 manatdan (900 AQSH dollar atrofida) qo‘shimcha haq to‘lanadi. . Uyi ozroq zarar ko‘rgan har bir oilaga 1000 manatdan (590 dollar atrofida) pul beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Qorabog'

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing