Ozarbayjon AQSHni arman genotsidi bo‘yicha tarixiy xatoga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

Olam

image

Rasmiy Baku Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixiy xatoga yo‘l qo‘ymasligi va “uydirma” deb atalmish arman genotsidini tan olish choralarini ko‘rmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmet Hojiyev so‘z ochdi.

Hojiyevning so‘zlariga ko‘ra, Baku har doim 1915 yil voqealari to‘g‘risida armanlarning taxmin qilingan va yolg‘on bayonotlarini targ‘ib qilishga urinishlarga qarshi bo‘lgan.

“Arman genotsidini tan olish tarixni soxtalashtirishdir. Tarixni tarixchilar o‘rganishlari kerak. Agar bu sodir bo‘lsa, unda Ozarbayjon buni qat’iyan qoralaydi”, deydi Ozarbayjon davlati rahbarining maslahatchisi.

Prezident Ilhom Aliyev bir necha bor Turkiyaga qarshi qilingan qadam Ozarbayjonga qarshi qadam, Ozarbayjonga qarshi har qanday qadam Turkiyaga qarshi qadam ekanini ta’kidladi, deya esladi Hajiyev.

Shuningdek, u AQSH ma’muriyati tarixiy xatoga yo‘l qo‘ymasligiga umid qilishini ta’kidladi.

Ayblovlar atrofidagi vaziyat

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden XX asr boshlarida Usmonli imperiyasida armanlarning qirg‘in qilinishini rasman tan olmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.

Undan so‘ng, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Baydenni yangi genotsidlarning oldini olishga sodiqligini tasdiqlashga chaqirib, unga maktub yo‘llagandi.

Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an esa Turkiya arman genotsidi to‘g‘risida yolg‘on gapirayotganlardan haqiqatni himoya qilishini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil 12 dekabrda AQSH Kongressi Senati arman genotsidini rasman tan olish va xotirlash zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Usmonli imperiyasida armanlarni qirg‘in qilish faktini 23 ta davlat tan olgan. Turkiya an’anaviy ravishda tegishli ayblovlarni rad etib keladi. 

1915 yil 24 aprel kuni arman genotsidining boshlanish sanasi hamda shu kuni Istanbuldagi arman elitasi vakillari qo‘lga olingani va o‘ldirilgani ta’kidlanadi. Keyingi oylarda esa bu qirg‘in G‘arbiy Armanistonda davom etib, 1915 yilning iyun oyida yakunlangani qayd etilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1915-1923 yillarda 1,5 mln arman o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing