Rasmiy saytlar orqali monopolist korxonalarning faoliyati nazorat qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi Farmoni bilan monopol korxonalar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlari narxini belgilanishning shaffofligini ta’minlash belgilan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qo‘shma qaror qabul qilinib, unda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda tabiiy monopoliya sub’ektlarining internetdagi rasmiy veb-saytlarida o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish to‘g‘risidagi tartib ishlab chiqildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur Tartib monopol korxonalar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlari narxini belgilanishning shaffofligini ta’minlash, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliya sub’ektlar tomonidan ishlab chiqiladigan tovar (ish, xizmat)lar tannarx va narxlar shakllanishi monitoring qilish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birga, mazkur sohalarga xorijiy va xususiy investorlarni jalb qilish va sohada raqobat muhitini rivojlantirish imkoniyatlarini shuningdek, iste’molchilar uchun o‘z vaqtida sifatli ma’lumotlar bazasidan foydalanish  imkoniyatlarini yaratiladi.    


Maqola muallifi

Teglar

Monopoliya

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing