Oyning janubiy qutbidan oltingugurt, alyuminiy va temir topildi
Bu qiziq
−
01 sentabr 2023 9434 1 daqiqa
Hindistonning “Pragyan” oy roveri sayyoramiz tabiiy yo‘ldoshining janubiy qutbida oltingugurt hamda alyuminiy va temir kabi metallarni topdi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.
23 avgust kuni Oyga qo‘ngan hind roveri Yer tabiiy yo‘ldoshining janubiy qutbida oltingugurt borligini tasdiqladi.
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ma’lumotlariga ko‘ra, Oyda kislorod, temir, alyuminiy, kalsiy, xrom va boshqa elementlar ham topilgan.
“Ayni paytda vodorodni qidirish ishlari davom etmoqda”, deyiladi ISRO xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mars va Oyga muvaffaqiyatli amalga oshirilgan missiyalardan so‘ng, Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) endi Quyosh ustida tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirayotgani aytilgandi.
Akobir Sayidov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28