Oyni egallash poygasi: Yaponiya ham kosmik kema uchirdi  

Olam

image

Yaponiya bugun 7 sentyabr kuni H-IIA raketasi yordamida Oyni tadqiq qilishga mo‘ljallangan kemasini kosmosga uchirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi

O‘tgan oyda kuzatilgan noqulay ob-havo sababli avvalroq rejalashtirilgan ushbu parvoz bir hafta ichida uch marta kechiktirildi. Vanihoyat bugun kema yerdan muvaffaqiyatli ko‘tarildi. Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (YAATA) raketa rejalashtirilganidek Yaponiya janubidagi Tanegasima kosmik markazidan havoga ko‘tarilganini va kemani ochiq koinotga muvaffaqiyatli chiqarib yuborganini ma’lum qildi. 

"Oy snayperi" nomini olgan ushbu kema missiyasi uchun Yaponiya 100 million AQSH dollari sarflagan. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Yaponiyaning Oyga qo‘nishga urinishlari ikki marta muvaffaqiyatsiz tugadi. Jaha Omotenashi roveri bilan aloqani yo‘qotdi, Ispace startapi tomonidan ishlab chiqarilgan Hakuto-R Mission 1 qurilmasi esa aprel oyida Oy yuzasiga qo‘nish vaqtida qulab tushdi.

Eslatib o‘tamiz,14 iyul kuni Hindiston kosmik agentligi Oyga “Chaandrayan-3” raketasini uchirdi. Bu orqali mamlakat SSSR, AQSH va Xitoydan keyin Oyga kosmik kemani muvaffaqiyatli qo‘ndirgan dunyodagi to‘rtinchi davlat bo‘ldi. 28 avgustda esa rover Oyning janubiy qutbi haqidagi birinchi ilmiy ma’lumotlarni Yerga jo‘natdi. Bu orqali u kosmik kemalar poygasida Rossiyani ortda qoldirdi. Rossiya kuchliroq raketaga ega bo‘lsa-da, Luna-25 roverining qulashi sababli Hindiston birinchilikni ilib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya kosmik kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing