Oyoq-qo‘limni bog‘lab, mashinada olib ketishdi — Samarqandda 19 yoshli qiz zo‘rlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi tekstil korxonalarining birida ishlagan 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, voqea joriy yilning 23 may kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni u tungi navbatchilikda qolgan. Soat kechki 23:00 lar atrofida korxona ustasi kirib kelib, undan koridorga chiqishini so‘ragan.

“Chiqmasang bo‘lmaydi dedi. Shundan so‘ng oyoq-qo‘limni bog‘lab, mashinada olib ketishdi. Ishimizning yonboshida qurilishi bitmagan 9 qavatli bino bor edi. Binoning atrofida bir-ikki odam bor edi. Og‘zim bog‘lab qo‘yilgani uchun baqirolmas edim. Holat mashinada bo‘ldi”, degan qiz.

Jabrlangan qizning aytishicha, oilada faqat onasi ikkovi pul topadi, otasi va ukasi hech qayerda ishlamaydi. Shu sababdan u oilasiga yordam bo‘lishi uchun ishga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand zo'rlash

Baholaganlar

3195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing