Oyda “sirli uy" topildi

Bu qiziq

image

Xitoyning “Yuytu 2” oy roveri Oyning Yerga qarshi tomonidan kub shaklidagi sirli  ob’ekt suratlarini yubordi. Bu haqda koinot jurnalisti Endryu Jons o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Bizda Oyning narigi tomonidagi “Yuytu 2”dan yangilik bor. Shimoliy ufqda noma’lum kubik ob’ekt topildi. U "sirli uy" deb nomlandi. Keyingi 3-4 Oy kunida rover uning nima ekanligini bilish uchun yaqinlashadi. Bu, albatta, obelisk yoki o‘zga sayyoraliklar emas, lekin baribir o‘rganishga arziydi. Ba’zida katta toshlar zarba tufayli uloqtiriladi, biz “Chan’e-4” missiyasi davomida shunga o‘xshash hodisalarga guvoh bo‘lganmiz ", deb yozadi jurnalist.

Qayd etilishicha, ayni paytda qo‘shimcha ma’lumot olishning iloji yo‘q, chunki "sirli uy" juda noaniq ko‘rinadi. Oyning bu qismi zarba kraterlari bilan qoplangan, shuning uchun toshning asteroid zarbasidan keyin qolgani ehtimoldan yiroq.

Ma’lumot o‘rnida, "Yuytu 2" oy roveri 2019 yilda "Chan’e-4" missiyasi chog‘ida Fon Karman krateri yaqiniga qo‘ngan va Oyning narigi tomonidagi birinchi lunaxodga aylangan edi. Yaqinda uning yordami bilan olimlar Oy mantiyasining tarkibi haqida ma’lumot olishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing