Oybek Tursunov Perfectum’ning qariyb 100 mlrd sömlik mol-mulkini sotib olyapti
Biznes
−
15:46 23864 2 daqiqa
Tadbirkor Oybek Tursunov Perfectum mobil operatorining köçmas mulki va boşqa aktivlarini QQSni hisobga olgan holda jami 98,37 mlrd sömga sotib olyapti. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidagi hisobotlarda keltirilgan.
Ma’lumotlarga köra, Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvçi “Rubicon Wireless Communication” AJ aksiyadorlari tegişli bitimni joriy yilning 16 oktyabr kuni bölib ötgan navbatdan taşqari umumiy yiğilişda ma’qullagan. Qaror esa Korporativ axborot yagona portalida joriy yilning 23 oktyabr kuni e’lon qilingan.
Hujjatga köra, kompaniya Oybek Tursunovga Toşkent markazidagi Perfectum’ning boş ofisi joylaşgan köçmas mulkni, şuningdek, 2012 birlik asosiy vositalarni sotadi. Buning uçun ikkita oldi-sotdi şartnomasini tuziş nazarda tutilgan.
Bitimning asosiy ob’ekti Taşkent şahri, Mirobod tumani, Taras Şevçenko köçasi, 21-uy manzilidagi köçmas mulk majmuasi hisoblanadi. U 7283 kvadrat metr (0,72 gektar) maydondagi yer uçastkasida joylaşgan va umumiy maydoni 10 479 kvadrat metr bölgan törtta binoni öz içiga oladi, şundan 8677 kvadrat metr maydonni foydali maydon taşkil etadi.
Binolarda 57 ta xona, jumladan, 47 ta xizmat xonasi mavjud. Köçmas mulk majmuasining qiymati QQS bilan birga 65,97 mlrd söm qilib belgilangan. Bundan taşqari, Perfectum umumiy qiymati 32,41 mlrd sömlik 2012 birlik asosiy vositalarni sotadi.
Qarorda aytilişiça, “Rubicon Wireless Communication” AJ tomonidan mol-mulkni uçinçi şaxs – Oybek Botiroviç Tursunovga qöşilgan qiymat soliğini hisobga olgan holda jami 98 mlr 374 mln 503 ming 360 sömlik sotiş narxi böyiça sotilişi bilan boğliq yirik bitim (ikkita oldi-sotdi şartnomasi) tuzilişi ma’qullangan.
Aksiyadorlar kompaniya ijroçi direktoriga oldi-sotdi şartnomalari va mol-mulkni topşiriş-qabul qiliş dalolatnomalarini imzolaşni, şuningdek, bitimni amalga oşirişda qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaşni topşirgan.
Live
Barchasi