Prezident oilasi ham “Sharq taronalari” ochilish marosimida ishtirok etdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 26 avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. 

Festivalning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi, O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, qizlari Saida Mirziyoyeva, Shahnoza Mirziyoyeva va o‘g‘li, nabirasi Miromon, kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov ham Samarqandga borgan. 

Festival ochilish marosimidan avval, Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva o‘g‘li va nabiralari bilan Samarqandning Registon maydoni, Amir Temur maqbarasini ziyorat qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari, kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva Maktabagacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i, kenja kuyovi Otabek Umarov Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi o‘laroq faoliyat yuritib kelmoqda. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Sharq taronalari Otabek Umarov Shahnoza Mirziyoeva Saida Mirziyoeva Ziroat Mirziyoeva Oybek Tursunov

Baholaganlar

539

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing