Otabek Umarov Habibni qo‘llab-quvvatlash uchun Abu-Dabiga bordi

Sport

image

Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Pore o‘rtasida kecha, 7 sentyabr kuni kechgan jangni tomosha qilish va Habib Nurmuhamedovni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov BAAning Abu-Dabi shahriga borgan. Umarov ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida jangni jonli efirda namoyish qilib bordi. 

Shu kunning o‘zidayoq ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarovning surati bilan fleshmob boshlab yuborildi. Suratda Otabek Umarovning Habib Nurmahamedovning tasviri tushirilgan futbolkada turganini ko‘rish mumkin. Qo‘llab-quvvatlash aksiyasida taniqli blogerlar, madaniyat va san’at, sportning ko‘zga ko‘ringan vakillari qatnashgan. Ular Umarovning suratini Instagram’dagi sahifalariga joylashtirganlar. 

Jangda g‘olib bo‘lgan Habib Nurmuhamedovga tomoshabinlar o‘tirgan tarafdan o‘zbek zar choponi sovg‘a qilindi. 

Tribunadan tashlangan choponni Habib tutib oldi va boshi uzra baland ko‘tarib ortidan kelayotgan jamoa a’zosiga tutqazdi. Ushbu lavhalar aks etgan video bir zumda internetda ommalashib ketdi.

Rossiyalik yakkakurashchi, Habib Nurmagomedovning o‘zbekistonlik muxlislari juda ko‘p. Xususan, u AQSHda jangga tayyorgarlik ko‘rgan vaqtlarida ham o‘zbekistonlik sportchilar bilan birga tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirib borardi. 

U joriy yilning may oyida O‘zbekistonga ham tashrif buyurib, Prezidentning kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarovning mehmoni bo‘lgandi


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Oybek Tursunov Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

552

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing