Erdo‘g‘anning o‘g‘li Mirziyoyevning kuyovlari bilan uchrashadi
Jamiyat
−
21 iyul 2019
11664Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li – Butunjahon etnosport Konfederatsiyasi prezidenti Bilol Erdo‘g‘an O‘zbekistonga kelgani, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasiga qarashli yangi sport bazasining ochilish marosimida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Bilol Erdo‘g‘an kecha, 21 iyul kuni qadimiy Xiva shahriga jo‘nab ketgan.
Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari “Ochiq osmon ostidagi muzey” nomini olgan Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi. Tadbir oldidan Xivada Bilol Erdo‘g‘an ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Festival 1000 dan ziyod ishtirokchilarni qamrab olishi kutildmoqda. U Turkiya OAVlarida keng yoritilishi va bir qator mamlakatlarning diplomatik korpus vakillari ham qatnashishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, bo‘lajak tadbirda xorijlik hakamlar ishtirok etishmaydi. Etnofestivalni tashkil etishdan maqsad esa yo‘qolib borayotgan milliy o‘yinlarni tiklash, ularni keyingi avlodga yetkazishdir.
Bilol Erdo‘g‘an kechaning o‘zida qadimiy shaharlardan biri bo‘lmish Buxoroga uchib kelgan va bugun poytaxt Toshkentga qaytgan.
U bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan uchrashib, so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketadi.
LiveBarchasi