Ov qilish uchun davlat boji hamda to‘lovi oshadi

Jamiyat

image

Ov qilish uchun davlat boji hamda to‘lovi qiymati oshadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Loyihada belgilanishicha:

•  moratoriy 2020 yil 1 martidan 2023 yil 31 dekabriga qadar amal qiladi;

•  moratoriy davrida, mas’uliyatli tashkilotlar tomonidan xayvonlarga ov qilish uchun ruxsatnomalar berish taqiqlanadi, ushbu bandda nazarda hollardan mustasno;

•  moratoriy fan va tibbiyot maqsadlarida hayvonlarga ov qilish uchun ruxsatnomalar berishga amal qilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ov turizmni rivojlantirish maqsadida taklif kiritadi.

Xususan:
•  endi hayvonlarga ov qilish uchun davlat boji hamda to‘lovi qiymati oshiriladi;
•  brakonerlik uchun, ayniqsa Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirish;
•  ov uchun ruxsatnoma berish jarayoni elektron shaklga o‘tkaziladi;
•  ov xo‘jaligining tegishli infratuzilmasini (fazenda, hayvonlar pitomnigi) rivojlantirishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini birinchi navbatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

ov

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing