“Otjimaniya” bo‘yicha jahon rekordi yangilandi  

Sport

image

Avstraliyalik 33 yoshli Lukas Xelmke bir soat ichida eng ko‘p “otjimaniya” mashqini bajarib, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Ginnes rekordlari sayti xabar berdi. 

Lukas bir soat ichida 3206 marta “otjimaniya” mashqini bajargan, bu bir daqiqada o‘rtacha 53 marta mashq bajarishni anglatadi. Avvalgi rekord boshqa bir avstraliyalik Daniyel Skali tomonidan 2022 yilning aprelida o‘rnatilgan bo‘lib, u bir soatda 3182 marta mashq bajargan.

Lukas bu rekordni yangilash uchun ikki-uch yil mashq qilgan. U hozirgi yutug‘ini bir yoshli o‘g‘liga bag‘ishlashini, bu unga imkonsiz narsa yo‘qligini ko‘rsatishini aytgan. 

Lukas “otjimaniya”larni 30 soniyalik to‘plamlarga bo‘lib, har birida 26 tadan mashq bajarishni maqsad qilgan. Lukas bu maqsaddan biroz oshib ketgan va har 30 soniyada o‘rtacha 26,7 marta mashq tezligiga erishgan.

Lukas har bir “otjimaniya” uchun mukammal formani saqlab turishi kerak edi, aks holda ular rekord natija hisoblanmaydi. Tana to‘g‘ri turishi kerak, ya’ni tizzada yoki belda egilish bo‘lishi mumkin emas. Tirsakda kamida 90 graduslik burchakka erishilgunga qadar tanani pastga tushirish kerak, keyin qo‘llar tekis bo‘lguncha ko‘tariladi. Noto‘g‘ri shakl tufayli Lukasning atigi 34 ta “otjimaniya”si hisobga olinmagan. 

Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Lukas o‘z yutug‘i bilan to‘xtab qolmasligi, bundan buyon  har yili kamida bitta rekordni yangilashni rejalashtirganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Ginnes otjimaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing