OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyul kuni soat 8:00 da 2024/2025 o‘quv yili uchun professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Imtihonlar respublikaning 73 ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Joriy yilda 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi.

Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

1-smena: 8:00 da;

2-smena: 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududda kelishi, testga passport (ID) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish talab qilinadi.

Testni yechish uchun 3 ta majburiy fanlarga 60 daqiqa, 2 ta mutaxassislik faniga 120 daqiqa vaqt beriladi. Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

  • my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
  • mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;
  • Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot;

@e_dtm_mandat1bot;

@e_dtm_mandat2bot;

@e_dtm_mandat3bot;

 @e_dtm_mandat4bot.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMlarga kirish uchun test sinovlari qachon boshlanishi xabar qilingandi. Shuningdek, abituriyentlardan t​​​​​​est sinovi olinadigan binolar ro‘yxati e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM test imtihonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made