OTMlarga qancha abituriyent hujjat topshirgani ochiqlandi
Jamiyat
−
21 iyul 2023
125322023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 18 ming 7 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Hujjat topshirish 20 iyundan 20 iyulgacha davom etdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
• O‘zbek tili – 890 ming 304 nafar;
• Rus tili – 95 ming 456 nafar;
• Qoraqalpoq tili – 29 ming 917 nafar;
• Boshqa tillar – 2 ming 330 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
• Kunduzgi ta’lim shakli – 577 ming 96 nafar;
• Kechki ta’lim shakli – 24 ming 802 nafar;
• Sirtqi ta’lim shakli – 407 ming 945 nafar;
• Masofaviy ta’lim shakli – 8 ming 164 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
• O‘zbekiston milliy universiteti – 36 ming 782 nafar;
• Toshkent davlat transport universiteti – 30 ming 421 nafar;
• Farg‘ona davlat universiteti – 29 ming 941 nafar;
• Toshkent davlat pedagogika universiteti – 28 ming 827 nafar;
• Qarshi davlat universiteti – 28 ming 417 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:
• Qashqadaryo viloyati – 120 ming 8 nafar;
• Samarqand viloyati – 114 ming 180 nafar;
• Farg‘ona viloyati – 94 ming 999 nafar;
• Toshkent viloyati – 89 ming 603 nafar;
• Surxondaryo viloyati – 84 ming 457 nafar.