OTMlarda yangi o‘quv yili qaysi sanadan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
12:06 4015 1 daqiqa
2026/2027 o‘quv yilida akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari qaysi sanadan boshlanishi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2 sentyabr sanasidan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa yangi o‘quv yili bosqichlarga qarab turli sanalarda start oladi.
Unga ko‘ra:
- 1-bosqich talabalari uchun – 7 sentyabrdan;
- 2-bosqich va undan yuqori bosqichda o‘quvchi talabalar uchun – 14 sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Shu tariqa, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2026/2027 o‘quv yilining boshlanish sanasi rasman belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlarga qayta tanlov o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi