OTMlarda o‘qitilayotgan 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Oliy ta’lim vazirligiga ayrim ta’lim yo‘nalishlarini oliygohdan texnikumga o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochildi.

Qayd etilishicha, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yo‘nalishlarini texnikumlarga o‘tkazish bo‘yicha yetarli baza mavjud. Bunday kasblar o‘nlab topiladi.

Shu bois, texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga: 

•    oliygohlarda o‘qitilayotgan kamida 60 ta yo‘nalishni texnikumlarga o‘tkazish;

•    texnikumlarni o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar bilan ta’minlash;

•    texnikumlarda o‘zining kafedralari filiallari va o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqi oliygoh o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM texnikum

Baholaganlar

603

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing