“Ipoteka bank” xodimida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 may 2020
17032Kecha, 24 may kuni Respublika "Ipoteka bank" bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi.
Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi.
Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

Toshkent viloyatida betonchi 21 oy davomida maosh olmadi
26053
13 aprel

Ertaga ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘adi
23794
12 aprel

Andijonda erkak 52 ta radarga pnevmatik quroldan o‘q otdi
17714
14 aprel