OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etiladi

Jamiyat

−

image

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan namunaviy shtatlarning 2 va 3-pozitsiyalari quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan:

•    o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) (ilgari - o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari);
•    yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) (ilgari - o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari).

Yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlar mamlakatning barcha OTM namunaviy shtatlariga kiritiladi.

Lavozim - yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) namunaviy shtatlardan chiqarib tashlanadi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi (talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda -  monitoring va ichki nazorat sektori) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi (talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori) etib qayta nomlandi. Bo‘lim (sektor) quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan: bo‘lim boshlig‘i (sektor mudiri), bosh mutaxassis, inspektor.

Yangi bo‘lim - korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi kiritiladi. Mazkur bo‘lim bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis bilan taqdim etilgan. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha bo‘lgan OTMda nazarda tutilmagan.

Boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, namunaviy shtatlar oliy ta’lim muasssasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing