OTMlarda kontrakt miqdori rektorlar tomonidan belgilanishi kutilmoqda
Jamiyat
−
31 avgust 2019
5865O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Hujjat loyihasi O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibida ayrim o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Qonun loyihasida ko‘rsatilishicha, oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati oliy ta’lim muassasasi rektori (filiallar direktorlari) tomonidan O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati O‘zbekiston moliya vazirligi va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi.
LiveBarchasi