OTMlarda darslar qachondan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
22 avgust 14464 1 daqiqa
2025-2026 o‘quv yili 1-kurslar uchun 3 sentyabr, yuqori kurslarga esa 8 sentyabr kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025-2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlangan.
Unga ko‘ra:
- akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025 yilning 3 sentyabr kunidan;
- oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8 sentyabr kunidan boshlanadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi.
Haftalik doirasida talabalarni oliy ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash, talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi