OTMlar kontrakt miqdorini o‘zgartirmaydi – Inomjon Majidov
Jamiyat
−
08 avgust 2020
5249Oliy ta’lim muassasalari bugungi kunda to‘lov-kontrakt summasini o‘zgarishsiz qoldiradi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Oliy ta’lim muassasalari bugungi kunda kontrakt miqdorini o‘zgartirmaydi. Ko‘paytirmaydi ham, kamaytirmaydi ham. Kamaytirmasligining sababi hozirgi harajat 9 mln so‘mdan sal oshiq bo‘lsa, bizda 80 foiz talabalar to‘laydigan kontrakt 6,4 mln so‘m. Uni kamaytirish mumkinmi? Mumkin, lekin uni qoplashi kerak”, dedi Majidov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ba’zi OTMlarda kontrakt miqdori o‘qish xarajatlarini qoplaydi. Lekin bundaylar 20 foiz.
Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili 2-kursdan yuqori bosqich talabalari uchun o‘qish masofaviy boshlanadi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, 1-kurs talabalari ham o‘qishni masofaviy boshlanadi.
LiveBarchasi