OTMga kiritib qo‘yishni va’da berganlar ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Ya. fuqarolar S.T. va B.T.ga tanishlari yordamida xorijiy oliy o‘quv yurtida o‘qiganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab berishni va’da bergan. Shuningdek, u Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim universitetlarining birida 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro T.X.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti “Musiqa” fakultetidagi o‘qishini tanishlari orqali Andijon davlat universitetining “Musiqa ta’limi” yo‘nalishiga ko‘chirib berishini aytgan. Buning evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shu jumladan, departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. fuqaro T.O.ni tanishlari yordamida Andijon davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan. Buning evaziga ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing