OTMga kirish testi uchun pul to‘lamaydigan abituriyentlar toifasi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar toifasi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi toifalar Prezident Shavkat Mirziyoyevining 2019 yil 14 maydagi Qarori va 2022 yil 20 apreldagi Farmoniga muvofiq test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan.

Bular:

  • test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
  • imtiyoz asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan abituriyentlar to‘lovni amalga oshirmaydi.

Muhsinjon Umurzoqov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OTM abiturient

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing