OTMga kirish imtihonlari boshlanish sanasi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 iyuldan OTMga kirish imtihonlari boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

"Imtihonlarni boshlanish muddati 25 iyuldan 20 avgustgacha qadar test o‘tkazish rejalashtirilgan", deydi Karimov.

Bu yilgi Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abituriyentlar amaldagi muddatda 15 iyundan 15 iyulgacha hujjat topshirilishi belgilandi. Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Abituriyentlarni qo‘llash uchun keladiganlar endi ularni 2020online.uz sayti orqali ham kuzatishlari tavsiya qilinadi. Bunda karantin qoidalarini oldini olish ko‘zda tutilgan. DTM direktorining aytishicha, har bir guruh uchun alohida kameralar o‘rnatiladi. Shuningdek, umumiy imtihon jarayonini kuzatish imkonini beradigan, 360 gradusga aylanadigan kameralardan ham foydalanish rejalashtirilgan.

Apellyatsiya bo‘yicha arizalar 21 avgustdan 30 avgustgacha qabul qilinishi rejalashtirilgan. Abituriyent apellyatsiya jarayoniga Toshkentga kelishi talab qilinadi.

Avvalroq, 2020 yil OTMga kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lishi va 2 ta fandan o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Oliy ta'lim Imtihon

Baholaganlar

3087

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing