Koronavirus qurbonlari 400 nafardan oshdi
Olam
−
04 fevral 2020
7745Xitoyda paydo bo‘lgan 2019-nCoV koronavirusi bilan bog‘liq vaziyat hamon og‘irligicha qolmoqda. Bugun, 4 fevral holatiga ushbu virusdan halok bo‘lganlar 427 nafarga yetdi.
Virus bilan kasallanganlar soni 20 623 kishin tashkil qilyapti. Shularning 20 438 nafari Xitoyda. Qolganlari dunyoning 26 davlatida aniqlangan. Bemorlarning 14 foizi yoki 2790 nafarining ahvoli jiddiy.
Virusdan davolanganlar soni esa 653 nafarga yetdi.
Qayd etish kerakki, Xitoydan tashqarida ikkinchi marta koronavirusdan o‘lim holati kuzatildi. Bu Gonkongda yuz berdi. Bundan avvalroq, Filippinda xitoylik ayol koronavirusdan halok bo‘lgandi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi