OTMga qabul bo‘yicha Davlat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Aripov komissiya raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Davlat komissiyasining tarkibi:

1. A.N. Aripov – O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi
2. A.A. Abduvaxitov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari
3. A.A. Abduhakimov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari
4. I.U. Majidov – O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
5. Sh.D. Kudbiyev – O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
6. A.K. Shodmanov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri
7. B.S. Sayfullayev – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
8. R.K. Davletov    –    O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
9. A.X. Komilov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
10. Sh.M. Sodiqov – O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
11. D.X. Nabiyev – O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya 
va sport vaziri
12. I.R. Mahkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari
13. B.B. Ashrafxonov – O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari
14. B.Sh. Usmonov – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari
15. M.M. Karimov – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori
16. A.V. Nuriddinov – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
17. Sh.X. Daliyev – Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Davlat komissiyasining mas’ul kotibi

Izoh. Davlat komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berildi:

zarurat bo‘lganda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning, shu jumladan respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan tumanlarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining nufuzi va hududiy joylashuvini hisobga olgan holda bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini ta’lim sohalari va respublika hududlari bo‘yicha belgilash;

ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadigan abituriyentlarga tavsiya berish vakolatiga ega bo‘ladigan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxatini tasdiqlash.


Maqola muallifi

Teglar

OTM komissiya

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing