30 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2019
3778Toshkent shahrida 54 yoshli ayol oliy ta’lim muassasiga kiritib qo‘yaaman deb fuqarodan 30 ming AQSH dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
2019 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentidan tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 25 iyun kuni Yunusobod tumani Shaxriston ko‘chasida yashovchi muqaddam sudlangan 54 yoshli X.A. ismli ayol, 30 000 AQSH dollari evaziga 44 yoshli M.G. ismli ayolning o‘g‘lini Toshkent Davlat Yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish maqsadida M.G.dan Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida kelishilgan pulning hammasini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi