OTMda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 4 kunda ikki baravar ko‘paydi

Jamiyat

image

Ayni kunlarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish avj pallasida. Ro‘yxatdan o‘tish muddati esa tobora oxirlab boryapti.

Bugun, 6 iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 270 ming nafardan oshib ketdi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Kunduzgi ta’lim shakliga - 230 217 nafar;
Kechki ta’lim shakliga - 1 704 nafar;
Sirtqi ta’lim shakliga - 42 701 nafar.

Jami 274 622 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun, abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tishi 15 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Avvalroq, 2 iyul holatiga 114 ming nafardan oshgani haqida xabar bergan edik. Eng ko‘p abituriyent O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ro‘yxatdan o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qabul DTM

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing