Magistraturaga qabul jarayonlari boshlandi
Jamiyat
−
01 iyul
5809Bugun, 1 iyul kunidan O‘zbekistonda respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali 30 iyul kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
“Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin”, deyilgan vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2 yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan OTMga qabul qilinishi haqida xabar berilgandi.